

“Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari” filiali tomonidan tezkor xodimlarni mustaqil ishlashga tayyorlash hamda ularning kasbiy va amaliy ko‘nikmalarini oshirish maqsadida maxsus amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda.
Mashg‘ulotlar davomida podstansiyalarning elektr qurilmalari va uskunalarini ko‘zdan kechirish, elektr sxemalarini o‘rganish, himoya vositalaridan foydalanish, rele himoyasi, tezkor va murakkab ulashlar, 6–10–35–110–220 kV kuchlanishli kommutatsiya qurilmalarda ishlarni bajarish hamda avariya va yong‘inga qarshi amaliy mashqlar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar mustahkamlanmoqda.
Amaliy mashg‘ulotlar: “Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi yuqori kuchlanishli podstansiyalarda o’tkazildi.
Mashg‘ulotlar jarayonida xodimlarning xavfsizligi va amaliy tayyorgarligiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
«TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
AXBOROT XIZMATI