

DIQQAT, E’LON!!!
Bugun, soat 12:05 da Yakkasaroy tumanida joylashgan “DOZ” podstansiyasida yuzaga kelgan nosozlik sababli himoya tizimi ishga tushdi.
Natijada, ayrim iste’molchilarning elektr ta’minoti kuchlanishsiz qoldi.
Hozirda mutaxassislar tomonidan nosozlik sabablarini aniqlash hamda elektr ta’minotini imkon qadar qisqa muddatda tiklash bo‘yicha tezkor avariya-tiklash ishlari olib borilmoqda.
Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.
—
Soat 13:54 da 35/10/6 kV kuchlanishli “DOZ” podstansiyasidagi transformatr ishga tushirilib, 1-seksiya shin 6 kV ga kuchlanish berildi.
Hozirda 10 kV kuchlanishli seksiyada nosozlikni mutaxasislar tomonidan bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so’raymiz.
—
Avval xabar berganimizdek, Yakkasaroy tumanida joylashgan 35/10/6 kV kuchlanishli “DOZ” podstansiyasining 10 kV kuchlanishli yacheykasida yuzaga kelgan nosozlikni bartaraf etish maqsadida mutaxassislar tomonidan ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Ayni vaqtda nosozlikni bartaraf etish hamda iste’molchilarning elektr ta’minotini imkon qadar qisqa muddatda tiklash bo‘yicha tezkor ishlar davom etmoqda.
Elektr ta’minoti tiklanishi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.
—
Soat 17:57 holatiga ko‘ra, podstansiya “DOZ” ishga tushirildi, barcha fiderlar yoqildi va elektr ta’minoti to‘liq tiklandi.
Ayni vaqtda barcha qurilmalar me’yorida ishlamoqda.
—
DIQQAT, E’LON!
2026-yil 14-avgust kuni soat 01:00 dan 04:00 gacha Yakkasaroy tumanidagi 35/10/6 kV kuchlanishli “DOZ” podstansiyasida modernizatsiya va rekanstruksiya ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan elektr ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi.
Natijada quyidagi hududlarda elektr energiyasi ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi:
▪️ “Abdulla Qahhor” MFY
▪️ “Bobur” MFY
▪️ “Damariq” MFY
▪️ “Hamid Sulaymon” MFY
Modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari yakunlangach, elektr energiyasi ta’minoti to‘liq tiklanadi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
—
ISH JARAYONIDAN…
Avval xabar berganimizdek Ayni vaqtda Yakkasaroy tumanidagi 35/10/6 kV kuchlanishli “DOZ” podstansiyasida modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda.
Mutaxassislar tomonidan belgilangan ishlar amalga oshirilmoqda. Mazkur jarayon davomida elektr ta’minotining barqarorligini oshirish va elektr qurilmalarining texnik holatini yaxshilashga qaratilgan ishlar bajarilmoqda.
Ishlar yakunlangach, elektr ta’minoti qayta tiklanadi.
—
ISHONCHLI ELEKTR TA’MINOTI SARI: «DOZ» PODSTANSIYASI MODERNIZATSIYA QILINMOQDA
“Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari” filiali tomonidan “Dolzarb 40 kunlik” doirasida elektr tarmoqlari infratuzilmasini modernizatsiya qilish ishlari davom ettirilmoqda.
Yakkasaroy tumanida joylashgan 35/10/6 kV kuchlanishli “DOZ” podstansiyasida ham keng ko‘lamli modernizatsiya ishlari olib borilmoqda.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-sentabrdagi 598-son qarori asosida podstansiyada modernizatsiya ishlari olib borilmoqda.
Loyiha doirasida mavjud 2×16 MVA transformatorlar 2×25 MVA transformatorlarga almashtirilmoqda, shuningdek, podstansiyadagi barcha elektr qurilmalari bosqichma-bosqich zamonaviy qurilmalarga yangilanmoqda.
Modernizatsiya ishlari yakunlangach, 18 MVA qo‘shimcha quvvat zaxirasi yaratiladi. Natijada Yakkasaroy tumanidagi iste’molchilarning elektr ta’minoti yanada yaxshilanadi.
Batasfil https://t.me/Toshkent_shaharMET_Axborot/3066
«TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
AXBOROT XIZMATI