2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
NAMANGAN VILOYATI (SHTAB): Davlatobodda islohotlar ijrosi: elektr ta’minoti tizimidagi ishlar joyida o‘rganildi
  • 14.08.2026
  • 8

Energetika tizimini takomillashtirish, elektr ta’minoti sifatini oshirish hamda hududlarda mavjud muammolarni tizimli bartaraf etish bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida Namangan viloyati Davlatobod tumanida amalga oshirilayotgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Hududdagi jarayonlarni joyiga chiqib o‘rganish maqsadida Ishchi guruhi, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ hamda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Namangan hududiy filiali mas’ullari tomonidan Davlatobod tumanida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida hudud elektr ta’minotining barqarorligini ta’minlash, elektr tarmoqlaridagi texnik va tijoriy yo‘qotishlarni kamaytirish, mavjud muammoli nuqtalarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
 

Xususan, transformator punktlarining texnik holati, ularni ta’mirlash va yangilash ishlari, elektr uzatish tarmoqlarining sozligi hamda iste’molchilarga yetkazib berilayotgan elektr energiyasi sifatini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.



Shuningdek, iste’molchilarda o‘rnatilgan elektr hisoblagichlarini aloqa tizimiga chiqarish, masofadan monitoring qilish imkoniyatlarini kengaytirish, aloqa o‘rnatilmagan yoki texnik nosoz hisoblagichlarni aniqlash va tegishli choralarni ko‘rish jarayonlari ham ko‘rib chiqildi.

Elektr energiyasi iste’molini to‘g‘ri hisobga olish, noqonuniy foydalanish holatlarining oldini olish, tarmoqlardagi yo‘qotishlarni kamaytirish va hisob-kitob tizimining shaffofligini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi.
 

Bundan tashqari, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, muammolarni joyiga chiqib o‘rganish va ularning amaliy yechimini ta’minlash zarurligi alohida ta’kidlandi.



Mas’ullarga belgilangan vazifalar ijrosini doimiy nazoratga olish hamda Davlatobod tumanida elektr ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirish topshirildi.

Manba: https://t.me/namhetk/33534

???? «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati