2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
ENERGETIKA VAZIRLIGI: Hududlarda yoqilg‘i-energetika sohasidagi ishlarni tizimli tashkil etish vazifalari belgilandi
  • 14.08.2026
  • 28

Prezident Shavkat Mirziyoyevga “Yangiyoʻl tajribasi” asosida hududlarda isteʼmolchilarni yoqilgʻi-energetika resurslari bilan barqaror taʼminlash, energiya samaradorligini oshirish, tarmoqlardagi yoʻqotishlar va debitorlik qarzdorlikni keskin kamaytirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berildi.

https://www.youtube.com/watch?v=yYMuTQI8BGg


Avvalroq ushbu tajriba asosida har bir hududdan bittadan tanlab olingan 14 ta tumanda namunaviy tizim yaratish vazifasi qoʻyilgan edi. Shu maqsadda ishlar “mahallabay” tashkil etilib, energetika sohasidagi muammolarni joyiga chiqqan holda oʻrganish va manzilli choralar koʻrish yoʻlga qoʻyildi.

Bu 916 ta mahalla, 832 mingta xonadon, 49 mingta tadbirkorlik subyekti va 2,2 mingdan ortiq ijtimoiy soha obyektini qamrab oldi. Har bir mahalla boʻyicha energetik pasport va energiya resurslariga talab balansi shakllantirildi.

Natijada ilk bor mahallalar kesimida mavjud talab va imkoniyat oʻrtasidagi tafovut aniq hisob-kitob qilindi. Jumladan, 265 ta mahallada 60 megavatt elektr quvvati, 42 ta mahallada esa yiliga 47 million kub metr tabiiy gaz taqchilligi borligi aniqlandi. Ayni paytda 207 ta mahallada quvvat zaxirasi mavjud.

Bunday yondashuv kelgusida energiya resurslariga boʻlgan talabni oldindan hisoblash va zarur infratuzilmani oʻz vaqtida tayyorlash imkonini beradi.

Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanalida efirga uzatilgan reportajda batafsil tanishishingiz mumkin.

https://youtu.be/FfsBQuVJAjQ

Energetika vazirligining rasmiy kanali

gov.uz/oz/minenergy
facebook.com/energetikavazirligi
instagram.com/energetika_vazirligi