2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
NAVOIY VILOYATI: 220 kV kuchlanishli podstansiyada yong‘inga qarshi o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi
  • 14.08.2026
  • 9

Navoiy viloyati FVB mutaxassislari ishtirokida 220 kV kuchlanishli “Ximiya” podstansiyasida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik hamda favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda tezkor va hamjihatlikda harakat qilishga qaratilgan maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.

Mashg‘ulot davomida yong‘in xavfi yuzaga kelganda obyekt rahbariyati, qutqaruv tuzilmalari va FVDvT xizmatlarining o‘zaro hamkorligi, shuningdek, favqulodda vaziyat oqibatlarini tezkor bartaraf etish bo‘yicha amaliy harakatlar namoyish etildi.

???? YouTube’da ko‘rish

https://www.youtube.com/watch?v=FL6OW5EFbS0

O‘quv mashqi ishtirokchilarning favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri, tezkor va muvofiqlashtirilgan harakat qilish ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

«NAVOIY MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI