

“Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi 220/110/35/10/6 kV kuchlanishli podstansiyalarda faoliyat yurituvchi muhandis-texnik hamda tezkor ta’mirlash xodimlarining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida o‘quv-seminar tashkil etildi.
Seminar davomida xodimlarning kasbiy malakasini oshirish, elektr qurilmalarida xavfsiz va samarali ishlash, zamonaviy talablar asosida ish jarayonlarini tashkil etish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlari mustahkamlandi.
Malakali mutaxassis — barqaror va ishonchli elektr ta’minoti garovi!
«TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI AXBOROT XIZMATI