

Bugun soat 17:09 da Qashqadaryo viloyatida joylashgan “Qarshi” podstansiyasidan chiquvchi 35 kV kuchlanishli L-Karakitay elektr uzatish tarmog‘i himoya tizimi ishlashi oqibatida favqulodda o‘chdi.
Natijada mazkur energetika obyektidan taʼminlangan isteʼmolchilari elektr taʼminotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatildi.
“Raimsufi” podstansiyasi orqali taʼminlangan isteʼmolchilar zaxira manba orqali taʼminlash choralari ko‘rilmoqda.
O‘chish sababi: Yuk tashuvchi traller avtomashinasiga ortilgan paxta terish mashinasi elektr uzatish havo tarmog‘iga yaqinlashishi natijasida favqulodda o‘chgan.
Ayni paytda maxsus brigada tomonidan sodir bo‘lgan nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.
yezkor brigada tomonidan nosozlik bartaraf etildi.
Soat 20:57 da 35 kV kuchlanishli Karakitay elektr uzatish havo tarmog‘iga kuchlanish berildi va barcha isteʼmolchilarni elektr taʼminoti to‘liq tiklandi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.