

Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yurtimiz bo‘ylab bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari keng ko‘lamda olib borilmoqda. Ushbu ezgu ishlarda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali jamoasi ham faol ishtirok etmoqda.
Jumladan, filial tasarrufidagi podstansiyalar va boshqa energetika obyektlarida hududlarni obodonlashtirish, sanitariya-tozalash ishlarini amalga oshirish, yashil maydonlarni tartibga keltirish hamda infratuzilma obyektlarini yanada ko‘rkam holatga keltirish bo‘yicha qator tadbirlar olib borilmoqda.
“Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali telegram kanaliga obuna bo‘ling!
????AXBOROT XIZMATI