
“Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali mutaxassislari tomonidan Sherobod tumanidan o‘tuvchi 500 kV kuchlanishli “L-519” elektr uzatish havo tarmog‘ida navbatdagi rejalashtirilgan profilaktik ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.
Ta’mirlash jarayonida elektr uzatish tarmog‘ining tayanchlari, simlari, izolyatorlari hamda boshqa texnik jihozlari ko‘zdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rildi. Shuningdek, 400–410 va 411-tayanch ustunlarida ishlar bo‘lmoqda.
Mazkur ishlar elektr tarmog‘ining ishonchli va barqaror ishlashini ta’minlash, texnik holatini yanada yaxshilash hamda kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida amalga oshirildi.
«SURXONDARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI AXBOROT XIZMATI