2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
ANDIJON VILOYATI: Iste’molchilarini barqaror elektr ta’minoti bilan ta’minlash yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar haqida
  • 17.08.2026
  • 22

© «ANDIJON-MTRK» telekanali, «Andijon axboroti» informatsion dasturi

220/110/10 kV kuchlanishli «Saroy» podstansiyasi

Andijon viloyati iste’molchilarini barqaror elektr ta’minoti bilan ta’minlash yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar, «Andijom magistral elektr tarmoqlari» filiali faoliyati bilan bog’liq masalalar «ANDIJON-MTRK» telekanalining «Andijon axboroti» informatsion dasturida namoyish etildi.

YouTube’da ko‘rish

https://www.youtube.com/watch?v=GA87laLLlTk

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining rasmiy uzbekistonmet.uz veb-sayti va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarini kuzatib boring!

Elektr uzatish tarmoqlari va podstansiyalar quvvati oshirilmoqda — uza.uz

Mamlakatimizda elektr energiyasi ta’minoti va tarmoqlarining barqarorligi iqtisodiyot va aholi turmush darajasi uchun muhim ahamiyatga ega.

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ axborot xizmati rahbari Ulug‘bek Urunovning ma’lum qilishicha, zamonaviy talablar va iste’molchi ehtiyojlari ortishi sharoitida elektr tarmoqlari quvvatini oshirish, podstansiyalarni modernizatsiya qilish va uzilishlar xavfini kamaytirish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.



Eslatib o‘tamiz, Andijon viloyati, Shahrixon tumanida joylashgan 220 kV kuchlanishli "Saroy" podstansiyasida AT-2-125 MVA quvvatli avtotransformator o‘rniga 200 MVA quvvatli avtotransformatori o‘rnatilib, ishga tushirilgan edi. Buning natijasida podstansiyaning o'tkazuvchanlik quvvati 75 MVA oshirilib, umumiy o'tkazuvchanlik quvvat 400 MVA yetkazildi.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati