

“Bahor” va “Go‘zalkent” podstansiyalarning T-1 transformatorlarida joriy ta’mirlash, releli himoyani tekshirish va sinov ishlari olib borildi.
“Zarmitan” podstansiyasida T-2 transformatorida joriy ta’mirlash hamda releli himoya qurilmalarini tekshirish ishlari amalga oshirildi.
L–Ayrotom-1 havo elektr uzatish liniyasida ulanish joylaridagi boltli birikmalarni mahkamlash ishlari olib borildi.
Shuningdek, podstansiyalarning estetik holatini yaxshilash hamda dispecherlik yozuvlarini yangilash ishlari amalga oshirilmoqda.
Mazkur texnik tadbirlar elektr uskunalarining ishonchli ishlashini ta’minlash, mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida aniqlash va elektr ta’minoti barqarorligini oshirishga qaratilgan.
«SAMARQAND MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI