2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
TOSHKENT SHAHRI: Elektr qurilmalari nazorat ko‘rigidan o‘tkazildi
  • 20.08.2026
  • 13

Yunusobod tumanida joylashgan 110/10/6 kV kuchlanishli “Beshqo‘rg‘on” podstansiyasida "Dolzarb 40 kunlik" doirasida elektr qurilmalarining texnik holatini nazorat qilish maqsadida termovizor yordamida tekshiruv ishlari amalga oshirildi.

Tekshiruv davomida podstansiyadagi elektr qurilmalarining qizish holati, kontakt birikmalari va ulanish nuqtalarining harorat ko‘rsatkichlari nazorat qilindi.

Mazkur ishlar elektr qurilmalarining texnik holatini baholash, ehtimoliy nosozliklarni barvaqt aniqlash hamda elektr ta’minotining ishonchliligi va barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Elektr tarmoqlarida muntazam profilaktik va nazorat ishlarini olib borish — iste’molchilarni uzluksiz hamda sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlashning muhim omilidir.

«TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
????AXBOROT XIZMATI