2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Yoshlar bilan navbatdagi ochiq muloqot badiiy asarlar tahliliga bag‘ishlandi
  • 20.08.2026
  • 30

#Live Ayni daqiqalarda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi A.A.Nazirov yosh xodimlar bilan navbatdagi ochiq muloqot uchrashuvini o‘tkazmoqda.

Navbatdagi ochiq muloqotda ham Aksiyadorlik jamiyatining barcha filial va tuzilmalari yoshlari videokonferensiya aloqasi orqali ishtirok etishmoqda.

Muloqotda Mustaqillikning 35 yilligi shodyonalariga tayyorgarlik jarayonlari o‘zaro muhokama etildi. Yoshlar tomonidan Istiqlol bergan neʼmatlar alohida e'tirof etildi.

So‘ngra navbatdagi davra suhbatining bosh mavzusi —  badiiy asarlar tahlili, milliy adabiyotimizning yorqin namunalari, ularni yoshlarning bilim-salohiyati yuksalishidagi o‘rni qizg‘in bahs-munozaralarga boy bo‘lib o‘tmoqda.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati