2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
QASHQADARYO VILOYATI: Elektr uzatish havo tarmog'ida kechki soatlarda profilaktika ishlari bajarildi
  • 20.08.2026
  • 5

"Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari" filiali mutaxassislari tomonidan kunduzi o‘tkazilgan nazorat ko‘riklarida aniqlangan kamchiliklar kechki soatlardagi navbatchilikda bartaraf etildi. Misol uchun, 35 kV kuchlanishli "Oromgoh" elektr uzatish tarmog‘iga yaqinlashgan daraxt shox-shabbalarini tozalash bo‘yicha ishlar olib borildi.

Ushbu tadbir elektr uzatish liniyalarining barqaror va uzluksiz ishlashini ta'minlash, shuningdek shamol va boshqa tabiiy omillar ta'sirida shoxlarning tarmoqqa tegib qisqa tutashuvlarga sabab bo'lishining oldini olish maqsadida amalga oshirildi.

Mutaxassislar balandlikda ishlash uchun maxsus texnika bilan ta’minlangan, shuningdek ish joyini yoritish hamda xavfsizlik choralariga rioya qilish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

«QASHQADARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
AXBOROT XIZMATI