

“Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari” filialida yuk iluvchi (стропальщик) xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, shuningdek, ish jarayonida xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash maqsadida texnik o‘qish mashg‘uloti tashkil etildi.
Mashg‘ulot davomida quyidagi asosiy mavzular ko‘rib chiqildi:
▪️ Yuklarni to‘g‘ri va xavfsiz ilish hamda joylashtirish usullari;
▪️ Yuk ko‘tarish mexanizmlari va moslamalarining texnik holatini tekshirish;
▪️ Mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi qoidalari;
▪️ Favqulodda vaziyatlarning oldini olish choralari.
Shuningdek, mashg‘ulot davomida yuk iluvchi xodimlarning diqqat-e’tiborli bo‘lishi, belgilangan ko‘rsatma va yo‘riqnomalarga qat’iy amal qilishi hamda ish jarayonida o‘zaro hamkorlikni to‘g‘ri tashkil etishi jarohatlanishlarning oldini olishda muhim ahamiyatga ega ekanligi tushuntirildi.
Xavfsizlik — har bir xodimning asosiy vazifasi!
«Farg‘ona MET» FILIALI AXBOROT XIZMATI