

"Qoraqalpog'iston magistral elektr tarmoqlari" filiali Mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi guruhi muhandisi tomonidan Chimboy tumani hududida joylashgan podstansiyalar navbatchi elektr montyorlari va ekspluatatsiya xodimlari uchun texnik o‘qish o‘tkazildi.
O'qish quyidagi mavzular bo'yicha amalga oshirildi:
Tashkiliy va texnik tadbirlar;
Elektr uskunalarida foydalaniladigan himoya vositalarini qo'llash va sinash qoidalari;
Ekspluatatsiya xodimlarining malaka darajasini oshirish va ish jarayonida operativlik hamda aniqlikni ta'minlash maqsadida bunday tadbirlar muntazam ravishda o'tkazib borilmoqda.
«QORAQALPOG‘ISTON MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI