2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
XORAZM VILOYATI: L-S-X-1 elektr tarmog'ida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda
  • 24.08.2026
  • 12

“Xorazm MET” filiali tomonidan 220 kV kuchlanishli L-S-X-1 havo elektr uzatish tarmog‘ining Turkmaniston Respublikasi hududidan o‘tuvchi qismida ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

♦ Chaqmoq urish ehtimoli yuqori bo‘lgan hududlarda ma’nan eskirgan farfor izolyatorlar zamonaviy va ishonchli polimer izolyatorlarga almashtirilmoqda.
♦ Shu bilan birga, 220 kV kuchlanishli L-S-X-1 elektr tarmog'ining Turkmaniston Respublikasi hududidagi qismida
mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Mazkur ishlar elektr uzatish tarmog‘ining ishonchliligi va barqarorligini oshirishga xizmat qiladi.
 

❗️ «XORAZM MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI