

“Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi 220/110/35/10/6 kV kuchlanishli podstansiyalarda faoliyat olib borayotgan muhandis-texnik hamda tezkor ta’mirlash xodimlari uchun navbatdagi o‘quv-seminar tashkil etildi.
O‘quv-seminar davomida xodimlarning kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash, elektr qurilmalarida xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etish hamda zamonaviy ish usullarini samarali qo‘llash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Nazariy bilimlarni amaliy mashg‘ulotlar bilan uyg‘unlashtirish orqali xodimlarning mustaqil va mas’uliyatli ishlash ko‘nikmalari yanada rivojlantirildi.
⚡️ Professional bilim va yuksak mas’uliyat — ishonchli elektr ta’minoti kafolati!
«TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
AXBOROT XIZMATI