2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
NAMANGAN VILOYATI: 110 kV kuchlanishli elektr uzatish havo tarmog‘ida joriy ta’mirlash ishlari yakunlandi
  • 25.08.2026
  • 9

“Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali Havo tarmoqlari xizmati mutaxassislari tomonidan elektr tarmoqlarining ishonchli va barqaror ishlashini ta’minlash, shuningdek, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida navbatdagi ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

Xususan, “Sardor” podstansiyasidan chiquvchi 110 kV kuchlanishli “L-S-N-2” havo elektr uzatish tarmog‘ida joriy ta’mirlash ishlari olib borildi.

Ta’mirlash jarayonida elektr uzatish tarmog‘i to‘liq texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, aniqlangan nuqson va kamchiliklar bartaraf etildi. Shuningdek, nuqsonli izolyatorlar yangilariga almashtirildi.

 

“Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali telegram kanaliga obuna bo‘ling!