
Andijon viloyati prokuror o‘rinbosari S.Muhtarov boshchiligida ishchi guruh Bo‘ston va Ulugʻnor tumanlarida joylashgan "Nasriddinbek", "Bak-1", "Bak-2", "Oq oltin", Jalolov", "Mingbuloq", "Istiqlol" va "Zafar" podstansiyalarida texnik qurilmalarni ekspluatatsiya qilish ishlari bo‘yicha tanishib, mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.
O‘rganish davomida ushbu obyektlarda mutaxassislar tomonidan barcha zarur texnik tadbirlar belgilangan tartibda texnika xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda olib borilishi ko‘zdan kechirildi.
“Andijon magistral elektr tarmoqlari”
t.me/AndijonMET_Axborot