

Xususan, Xovos tumanida joylashgan 220 kV kuchlanishli L-DNS-2-2 havo elektr uzatish liniyasida joriy ta’mirlash ishlari bajarildi. Tarmoqqa qushlarning qo‘nishi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish maqsadida izolyatorlarga qushlardan himoya qiluvchi maxsus qurilmalar o‘rnatildi.
Shuningdek, Sardoba tumanida joylashgan 110/35/10 kV kuchlanishli “Uzoqov” podstansiyasidan chiquvchi 35 kV kuchlanishli L-Bobur-2 havo elektr uzatish tarmog‘ida mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Ta’mirlash jarayonida singan va nosoz izolyatorlar yangilariga almashtirildi, shuningdek, metall konstruksiyalarda bo‘yash ishlari bajarildi.
"SIRDARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI kanaliga obuna bo‘ling!