2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
SURXONDARYO VILOYATI: Sariosiyo tumanining elektr energetika infratuzilmasi yanada mustahkamlandi
  • 26.08.2026
  • 7

Sariosiyo tumanining elektr energetika infratuzilmasi yanada mustahkamlandi

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Surxondaryo viloyati elektr energetikasi infratuzilmasini yanada mustahkamlash yo‘lida yana bir muhim loyiha hayotga tatbiq etildi.

Yangidan bunyod etilgan 110/35/10 kV kuchlanishli “Sariosiyo” podstansiyasi “Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufiga topshirildi.

Bayram arafasida barcha qurilish-montaj va texnik ishlar yakunlanib, 2 dona 25 000 kVA quvvatli kuch transformatorlariga kuchlanish berildi.

Mazkur yangi energetika obyekti Sariosiyo tumani aholisiga va hudud tadbirkorlari uchun elektr ta’minoti barqarorligi hamda ishonchliligini oshirish, iste’mol hajmi keskin oshganda yuklamalarini qoplash va hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji uchun xizmat qiladi.

Istiqlol shodyonasining 35 yilligi — bunyodkorlik, yangilanish va taraqqiyot timsoli!

 

“Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali
AXBOROT XIZMATI