2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Kasaba uyushmasi
«Mahalla obodligi va mehr-saxovat oyligi» doirasida moddiy yordam ko‘rsatildi
  • 26.08.2026
  • 13

Yodingizda bo‘lsa, Prezidentimiz mahallalarda ijtimoiy yordamlarni kengaytirish va davlat xizmatlarini mahalla darajasiga tushirish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar bergan edi. Shuningdek, Eng ulug‘, eng aziz bayramni mahallalarda ko‘tarinki ruhda o‘tkazish uchun “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” e’lon qilingandi.

Mustaqillik bayramining 35 yilligi munosabati bilan «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatida ish jarayonida baxtsiz hodisa tufayli vafot etgan yoki jarohat olgan xodimlarning oila aʼzolariga 1 mln. so‘m miqdorida oziq-ovqat to‘plamlari hamda ularning maktab yoshidagi farzandlarini har biriga bir bazaviy ish haqi miqdorida — 412 000 so‘mdan maktab formasi va o‘quv qurollari xaridi uchun moddiy yordam ajratildi.

✍️ Nodira Xidirova, Birlshgan kasaba uyushmalari raisi

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati