
“Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari” filiali bosh muhandisi A.A.Mamatqulov boshchiligida Filial tasarrufidagi podstansiyalarda faoliyat yurituvchi tezkor (operativ) xodimlar uchun Farg‘ona davlat texnika universitetida texnik o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Mashg‘ulot davomida “Podstansiyalardagi o‘lchov transformatorlarining tuzilishi va ishlash prinsiplari” hamda “ENHAT — elektr energiyasini hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimi” mavzulari bo‘yicha xodimlarning nazariy va amaliy bilimlari mustahkamlandi.
Texnik o‘qish jarayonida zamonaviy elektr o‘lchov vositalari, ularning ishlash prinsiplari va elektr energiyasini hisobga olish tizimlaridan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
«FARG‘ONA MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI AXBOROT XIZMATI