
“Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi elektr qurilmalarining barqaror va ishonchli ishlashini ta’minlash maqsadida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Jumladan, 110/35/10 kV kuchlanishli “Paxtakor” podstansiyasining 35 kV kuchlanishli moyli o‘chirgichlarida joriy ta’mirlash ishlari bajarildi.
Shuningdek, 35/6 kV kuchlanishli “BENS” podstansiyasining T-1 va T-2 transformatorlari, 35 kV kuchlanishli moyli o‘chirgichlar hamda kiritkichlarda belgilangan texnik xizmat va joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.
"SIRDARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI kanaliga obuna bo'ling!