2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
SAMARQAND VILOYATI: “Dolzarb 60 kun” tadbiri doirasida texnik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi
  • 28.08.2026
  • 10

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ “Samarqand magistral elektr tarmoqlari” filiali hamda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamkorligida “Dolzarb 60 kun” tadbiri doirasida texnik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Mashg‘ulot davomida elektr energetika obyektlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariyaviy holatlar va yong‘inlarning oldini olish, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish hamda xavfsizlik talablariga qat’iy rioya etish bo‘yicha amaliy mashqlar o‘tkazildi.

Tadbir yakunida elektr tarmoqlarining barqaror ishlashini ta’minlash, yong‘in xavfsizligini kuchaytirish va xodimlarning favqulodda vaziyatlarga tayyorgarligini oshirish muhimligi ta’kidlandi.

 

«SAMARQAND MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI