2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi
  • 31.08.2026
  • 26

“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib,
yangi hayot va kelajak yaratamiz!”


Muhtaram yurtdoshlar, hurmatli hamkasblar!

Siz azizlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining qutlug‘ 35 yillik bayrami bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!

Iqtisodiyotning barcha tarmoqlari kabi energetika sohasida ham ulkan islohotlar olib borilmoqda.

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati jamosi ham bu islohotlar natijasiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib, xalq xizmatida ekanidan faxrlanadi, xalqimizning farovon hayoti yo‘lida tun-u kun xizmatda.

Diyorimizdagi tinchlik-totuvlik, osmonimiz musaffoligiga ko‘z tegmasin. Yangi-yangi marralar, ezgu maqsadlar sari tashlayotgan qadamlarimiz doim muvaffaqiyatli bo‘lsin!

Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin, bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,

Abdumalik Abdusalimovich Nazirov, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi