2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
NAMANGAN VILOYATI: Qamchiq dovonida “L-524” havo tarmog‘i hududida obodonlashtirish va texnik xizmat ko‘rsatish ishlari olib borilmoqda
  • 28.08.2026
  • 3

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali mutaxassislari tomonidan elektr tarmoqlarining ishonchli va barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida Qamchiq dovonidan o‘tuvchi 500 kV kuchlanishli “L-524” havo elektr tarmog‘i hududlarida buldozer yordamida yerlarni tekislash ishlari amalga oshirilmoqda.

Qamchiq dovoni hududining tog‘li va murakkab relyefga ega ekanligini inobatga olgan holda, mazkur ishlar elektr tarmog‘iga xizmat ko‘rsatish jarayonida mutaxassislar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan.

Xususan, havo elektr tarmog‘i tayanchlarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish, profilaktik va ta’mirlash ishlarini bajarish, shuningdek, maxsus texnika va transport vositalarining hudud bo‘ylab erkin harakatlanishini ta’minlash uchun yo‘llar va xizmat ko‘rsatish hududlari tayyorlanmoqda.

Mazkur ishlarning amalga oshirilishi turli ob-havo sharoitlarida elektr tarmog‘iga tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarni o‘z vaqtida aniqlash hamda bartaraf etish imkoniyatlarini yanada oshiradi.

Bunday texnik va tashkiliy chora-tadbirlar elektr uzatish tarmog‘ining ishonchli ishlashini ta’minlash va elektr energiyasi uzatish barqarorligini oshirishga xizmat qiladi.

 

“O‘zbekiston MET” AJ Axborot xizmati
“Namangan magistral elektr tarmoqlari”filiali telegram kanaliga obuna bo‘ling!