2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
ENERGETIKA VAZIRLIGI: 35 yil — bu bir avlod umriga teng vaqt. Bu vaqt ichida mamlakatimiz energetikasi ham katta yo‘lni bosib o‘tdi
  • 02.09.2026
  • 7

35 yil — 35 natija

35 yil — bu bir avlod umriga teng vaqt. Bu vaqt ichida mamlakatimiz energetikasi ham katta yo‘lni bosib o‘tdi.

Energetika — ko‘lami, qiymati va ahamiyati jihatidan eng yirik sohalardan biri. Bu sohadagi katta obyektlarni barpo etish esa bir kunda yoki bir yilda amalga oshmaydi. Ular ortida uzoq yillik rejalar, katta investitsiyalar, murakkab muhandislik yechimlari va minglab insonlarning mehnati turadi.

Davlatimiz rahbari muhtaram Prezidentimizning tashabbuslari va qat’iy irodalari bilan so‘nggi yillarda energetika sohasida ana shunday ulkan loyihalar amalga oshirildi. Yangi elektr stansiyalari va tarmoqlar, neft-gaz sanoatidagi yirik obyektlar, gaz qazib chiqarish va qayta ishlash majmualari, ta’minot tizimlaridagi yangilanishlar, quyosh, shamol va gidroenergetika loyihalari — bugun mamlakatimiz energetika salohiyatining muhim qismidir.

Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan yoqilg‘i-energetika sohasida amalga oshirilgan eng muhim 35 ta natija haqida hikoya qiluvchi “35 yil — 35 natija” turkumi tayyorlandi.

Bu shunchaki natijalar ro‘yxati emas. Har bir video — aniq bir obyekt, loyiha yoki natija haqida. Unda raqamlar, sanalar, faktlar, obyektning qachon va kim tomonidan amalga oshirilgani haqida ma’lumotlar o‘rin olgan.

Bir qarashda — 35 ta natija. Aslida esa — bir avlod umriga teng katta taraqqiyot yo‘li.

 

Manba: https://t.me/minenergy_uz/20929

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati