2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
USTOZLAR VA SHOGIRDLAR BILAN SAMIMIY UCHRASHUV
  • 02.09.2026
  • 6

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Boshqaruv raisi Abdumalik Abdusalimovich o‘zi tahsil olgan 7-sonli maktabga tashrif buyurib, yangi o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.

Tashrif davomida maktab kutubxonasiga yangi kitoblar taqdim etilib, o‘quvchilarning bilim olishiga munosib sharoit yaratishga hissa qo‘shildi.

Shuningdek, Boshqaruv raisi Mustaqillik darslarida qatnashib, o‘quvchilar bilan ochiq va samimiy muloqot qildi. Yosh avlodga ta’lim olish, izlanish, o‘z ustida ishlash va kelajak uchun aniq maqsadlar qo‘yish borasida o‘z tavsiyalarini berdi.

O‘quvchilarga hayotda o‘z o‘rnini topish, yurtimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shish yo‘lida doimo intilish zarurligini ta’kidlab, yangi o‘quv yilida barchaga muvaffaqiyat, omad va ulkan zafarlar tiladi.

✨ Zero, maktab — katta orzular sari ilk qadamlar qo‘yiladigan maskan!

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati