2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
BILIMLAR KUNI MUNOSABATI BILAN IJODKOR BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI
  • 02.09.2026
  • 4

Avval xabar berganimizdik
Bugun, 2-sentabr — Bilimlar kuni munosabati bilan Ishtixon tumanidagi 33-umumta’lim maktabida jurnalist va ijodkor Ulug‘bek Urunov (Ulug‘bek Po‘latzoda) ishtirokida madaniy-ma’rifiy va ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
 

Uchrashuvda maktab o‘quvchilari, o‘qituvchilar hamda kitobxon yoshlar ishtirok etib, ijodkorning jurnalistika va adabiyot sohasidagi 30 yillik faoliyati, ijodiy izlanishlari va hayotiy tajribalari haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.



Ta’kidlash joizki, Ulug‘bek Po‘latzoda mazkur maktabning sobiq bitiruvchisi hisoblanadi. Shu bois uning o‘z ta’lim dargohiga tashrifi, ustozlari va yosh avlod bilan muloqoti uchrashuvga alohida mazmun va samimiylik bag‘ishladi.
 

Suhbat davomida jurnalistika, adabiyot, ijodkorlik, kitob mutolaasi, kasb tanlash va hayotda o‘z o‘rnini topish kabi muhim mavzular yuzasidan fikr almashildi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ijodkordan javoblar oldilar.

Bunday uchrashuvlar yoshlarni kitobxonlikka, ilm-ma’rifatga va ijodiy izlanishlarga undash, ularda kasbga bo‘lgan qiziqishni oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.



Bilimlar kunining ana shunday mazmunli va ilhomlantiruvchi muloqot bilan boshlanganligi barcha ishtirokchilarda unutilmas taassurot qoldirdi.
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI