2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
SIRDARYO VILOYATI: Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida podstansiyalarda texnik profilaktika ishlari amalga oshirilmoqda
  • 04.09.2026
  • 8

“Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari” filialida kuz-qish mavsumida elektr energiyasini ishonchli va barqaror uzatishni ta’minlash, elektr qurilmalarining texnik holatini yaxshilashga qaratilgan amaliy ishlar davom ettirilmoqda.

Jumladan, Sayxunobod tumanida joylashgan 110/35/10 kV kuchlanishli “Navro‘z” podstansiyasining “Navro‘z-1” o‘chirgichida sozlash ishlari olib borildi.

Bundan tashqari, Boyovut tumanida joylashgan 35/10 kV kuchlanishli “Qo‘riq” podstansiyasining T-1 transformatori hamda Sardoba tumanidagi 110/35/10 kV kuchlanishli “Uzoqov” podstansiyasining T-2 transformatorida profilaktik ishlar bajarildi.

 

"SIRDARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI kanaliga obuna bo‘ling!