

L-525 elektr uzatish havo liniyasi tayanchlari atrofi va tag qismlarini tozalash hamda bo‘yash ishlari amalga oshirildi.
Shuningdek, 500 kV kuchlanishli L-524 havo elektr uzatish liniyasi simlari ostida xavf tug‘diruvchi daraxt va shox-shabbalar aniqlanib, ularni kesish va tozalash ishlari olib borildi.
Mazkur ishlar elektr uzatish tarmoqlarining ishonchli va barqaror ishlashini ta’minlash, yong‘in xavfining oldini olish, liniyalarning muhofaza hududida xavfsizlik talablariga rioya etish hamda hududning estetik holatini yaxshilash maqsadida amalga oshirilmoqda.
♦ Ishlar belgilangan tartibda, xavfsizlik texnikasi talablariga qat’iy rioya qilingan holda davom ettirilmoqda.
«FARG‘ONA MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI AXBOROT XIZMATI