2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
TOSHKENT SHAHRI: “O‘zgarish” podstansiyasida modernizatsiya ishlari olib borilmoqda
  • 04.09.2026
  • 33

“Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi Sergeli tumanida joylashgan 110/6 kV kuchlanishli “O‘zgarish” podstansiyasi 1970-yilda foydalanishga topshirilgan.

♦ Bugungi kunda aholi sonining ortishi hamda elektr energiyasiga bo‘lgan talabning oshib borishi natijasida podstansiya quvvatini oshirish va elektr ta’minoti ishonchliligini ta’minlash maqsadida modernizatsiya ishlari amalga oshirilmoqda.

♦ Mazkur ishlar Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-sentabrdagi 598-son qarori asosida olib borilmoqda.

♦ Modernizatsiya doirasida podstansiyadagi mavjud 2×16 MVA quvvatli transformatorlar 2×25 MVA quvvatli transformatorlarga almashtiriladi hamda elektr qurilmalari bosqichma-bosqich yangilanadi.

⚡️ Modernizatsiya ishlari jarayonida

Mazkur ishlar doirasida podstansiyadagi mavjud T-1 va T-2 transformatori yangi, zamonaviy transformatorga almashtiriladi. Ta’mirlash ishlari davomida iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlashda uzilishlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida T-1 va T-2 transformatorlari yangisiga almashtirish jarayonida yuklamalar bir tomonga o‘tkaziladi.

Shu bilan birga, elektr ta’minotini imkon qadar uzluksiz saqlash choralari ko‘riladi. Biroq yuklama texnik jihatdan ruxsat etilgan chegaradan oshib ketgan taqdirda, tarmoqning barqaror va xavfsiz ishlashini ta’minlash maqsadida qisqa muddatli cheklovlar joriy etilishi mumkin.

⚡️ Modernizatsiya natijasida:

— 12 000 ga yaqin aholi va ulgurji iste’molchilarning elektr ta’minoti yanada yaxshilanadi;
— podstansiyaning quvvati 18 MVA ga oshiriladi;
— qo‘shimcha quvvat zaxirasi yaratiladi;
— elektr qurilmalarining ishonchli va barqaror ishlashi ta’minlanadi;
— iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berish imkoniyati kengayadi.

Mazkur modernizatsiya ishlari hududdagi elektr ta’minoti barqarorligini oshirish va kelgusidagi yuklamalarni ishonchli qoplashga xizmat qiladi.

 

«TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
AXBOROT XIZMATI