

Navoiy viloyati prokurori A.Mullajanov rahbarligida davlat dasturlarini, qurilish sohasida hududlarda amalga oshirilayotgan ishlari ahvoli muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda, viloyat hokimining o‘rinbosari, viloyat Departamenti va MIB boshqarmasi boshliqlari, sohaga masʼul tashkilot rahbarlari hamda videokonferensiya aloqasi orqali tuman (shahar) hokimlari, prokurorlar va boshqa masʼullar ishtirok etishdi.
Yig‘ilishda yangi o‘quv yilida topshirilishi lozim bo‘lgan umumtaʼlim maktablari obyektlarini belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish bo‘yicha masʼullarga topshiriqlar berildi.
Shuningdek, yig‘ilishda yoqilg‘i-energetika resurslarini talon-toroj qilish holatlarini oldini olish, debitor qarzdorlikni qisqartirish, energiya resurslarini iqtisod qilishda sustkashlikka yo‘l qo‘yilayotganligi tanqid qilindi va viloyat prokuraturasi tomonidan ishlab chiqilgan "Energiya resurslaridan foydalanishda noqonuniy holatlarni oldini olish" bo‘yicha amaliy qo‘llanma taqdimoti ham o‘tkazildi.
Mazkur qo‘llanmani ishlab chiqishda yaqindan hamkorlik qilgan Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti professor-o‘qituvchilariga viloyat prokurorining tashakkurnomasi eʼlon qilindi.
Manba: Bosh prokuraturaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari
Unutmang, elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojlarimiz ortib borar ekan, ushbu resurslardan imkonqadar tejamkorlik bilan foydalanish — tarmoqlardagi turli texnik nosozliklarning oldini oladi, shuningdek, sizning xarajatlaringiz kamayishida yordam beradi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati