

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali mutaxassislari tomonidan elektr energiyasi ta’minotining ishonchliligi va barqarorligini yanada oshirish maqsadida 110/6 kV kuchlanishli “Beruniy” podstansiyasida joriy ta’mirlash hamda sinov ishlari olib borildi.
Ta’mirlash jarayonida podstansiyaning asosiy elektr uskunalari ko‘zdan kechirilib, ularning texnik holati tekshirildi. Shuningdek, zarur profilaktik tadbirlar bajarilib, uskunalarning sifatli va xavfsiz ishlashini ta’minlashga qaratilgan sinov ishlari amalga oshirildi.
Mazkur tadbirlar elektr tarmoqlarining barqaror faoliyatini ta’minlash, avariyaviy holatlarning oldini olish hamda iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlashga xizmat qiladi.
“Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali telegram kanaliga obuna bo‘ling!