2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: «Jinoyat kodeksi moddalari buzilgani haqida xabar beraman. Taqdim etish uchun barcha dalillar tayyor...»
  • 17.08.2026
  • 126

Murojaat egasi: Abdullayev Jo‘rabek Azamat o‘g‘li, “Magistraltarmoqqurilish” filiali

Elektron pochta: Kceagmomn@gmail.com

Murojaat mazmuni: «MJK 41-moddasi, JK 205-moddasi va MJK 49-moddalari buzilgani haqida xabar beraman. Taqdim etish uchun barcha dalillar tayyor.


Murojaatga javob: Hurmatli “Magistraltarmoqqurilish” filiali xodimi Abdullayev Jo‘rabek Azamat o‘g‘li, Sizning murojaatingiz qayd etilib, ijro uchun tegishli boshqarmalarga yo‘naltirildi.

 

Surxondaryo viloyati, Qumqo‘rg‘on tumani, Islomobod mahallasida yashovchi fuqaro J. Abdullayevga

 

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan Sizning “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning rasmiy veb-sayti orqali 2026-yil 3-avgustdagi 712/26-son bilan qayd etilgan murojaatingiz belgilangan tartibda ko‘rib chiqildi.

 

Murojaatingizda ko‘rsatilgan holatlarni o‘rganish maqsadida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan tegishli o‘rganish ishlari amalga oshirildi hamda “murojaatingizda bayon etilgan hamda qonunbuzarlik sifatida talqin qilingan holatlar yuzasidan ushbu voqeada ishtirok etgan “Magistral tarmoq qurilish” filiali xodimlarining yozma tushuntirish xatlari olingan.

 

O‘rganish natijalariga ko‘ra, Sizni mehnat shartnomangizda nazarda tutilmagan ishlarni bajarishga majburan jalb etish yoki mehnat huquqlaringizni buzish holatlari o‘z tasdig‘ini topmagan.

 

Shuningdek, murojaatingizda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 41-moddasi, Jinoyat kodeksining 205-moddasi hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 49-moddasi talablari buzilganligi haqidagi vajlaringiz yuzasidan mazkur holatlarga huquqiy baho berish va vakolati doirasida tegishli choralar ko‘rish vakolatiga ega bo‘lgan Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga tegishli tartibda ma’lumotlar taqdim etilgan.

 

Mazkur masala yuzasidan Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan vakolati doirasida tegishli o‘rganish ishlari olib borilayotganligi hamda o‘rganish natijalariga ko‘ra qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli qonuniy choralar ko‘rilishi  ma’lum qilindi.

 

Yuqoridagilarga asosan, murojaatingizda bayon etilgan holatlar “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan tegishli tartibda o‘rganilganligini hamda murojaatda keltirilgan vajlarning mazkur o‘rganish doirasida o‘z tasdig‘ini topmaganligini ma’lum qilamiz.

 

Mazkur javobdan norozi bo‘lgan taqdiringizda, yuqori turuvchi organlarga belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega ekanligingiz bildiramiz.

 

Rasmiy javob xati va uning mazmuni quyidagicha

Rasmiy javob xatiga ilova

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati