

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali Kosonsoy ustachilik bo‘lagi mutaxassislari tomonidan elektr tarmoqlari va podstansiya qurilmalarining ishonchli hamda barqaror ishlashini ta’minlash, shuningdek, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida navbatdagi joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.
Jumladan, 110/35/10 kV kuchlanishli “Bahor” podstansiyasining T-1 transformatori hamda 110 kVli OD-KZ qurilmalarida joriy ta’mirlash va sinov ishlari olib borildi.
Bunday ta’mirlash va sinov ishlari kuz-qish mavsumida elektr tarmoqlari faoliyatining barqarorligini ta’minlash, uskunalarning ishonchliligini oshirish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.
“Namangan magistral elektr tarmoqlari”filiali telegram kanaliga obuna bo‘ling!