

110/35/10 kV kuchlanishli "Denov" podstansiyasida T-1 transformatorining 110 kV kuchlanishli kiritgichi (VVOD) almashtirilmoqda.
Kiritgich — transformatorning yuqori kuchlanish liniyasi bilan bog‘lanishini ta’minlaydigan asosiy izolyatsion element. Uning holati transformatorning uzluksiz va xavfsiz ishlashiga bevosita ta'sir qiladi.
Ushbu ishning ahamiyati:
♦ Eskirgan yoki resursi tugagan kiritgichni almashtirish orqali avariya xavfi oldindan bartaraf etiladi;
♦ Transformatorning uzoq muddatli va barqaror ishlashi ta'minlanadi;
♦ Qish mavsumi va yuklama oshadigan davrga tayyorgarlik ko‘riladi;
♦ Iste’molchilarga uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berish kafolatlanadi.
"Qashqadaryo MET" filiali xodimlari energiya infratuzilmasining ishonchliligini ta'minlash yo'lida ishlarni uzluksiz olib bormoqda.
❕"QASHQADARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLAR" FILIALI kanaliga a’zo bo’ling!