2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
FARG‘ONA VILOYATI: 500 kV L-524 elektr uzatish havo tarmog‘ining holati o‘rganildi
  • 06.09.2026
  • 72

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ boshqaruvi raisi Abdumalik Abdusalimovich Nazirov 500 kV L-524 elektr uzatish havo tarmog‘ida olib borilayotgan ishlar jarayoni bilan tanishdi.

Ko‘rik davomida elektr uzatish liniyasining umumiy texnik holati, tayanchlar va simlarning sozligi, tayanchlar oralig‘ida to‘planib qolgan qum uyumlarini surish ishlari ko‘zdan kechirildi.

Boshqaruv raisi tomonidan liniyaning ishonchli va barqaror ishlashini ta’minlash, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish, qum uyumlarini surish ishlarini sifatli yakunlash hamda hududda xavfsizlik talablariga qat’iy rioya etish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Shuningdek, elektr uzatish liniyasining kuz-qish mavsumidagi barqaror faoliyatini ta’minlash maqsadida profilaktik va nazorat ishlarini kuchaytirish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.

 

«FARG'ONA MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI AXBOROT XIZMATI