
⚡️BO‘SH ISH O‘RNI:
▶️ Inson resurslari bilan ishlash va rivojlantirish boshqarmasi 2-toifali mutaxassisi lavozimi.
▪️ Oliy ma'lumotli (Iqtisodiyot, yurisprudensiya, psixologiya yoki menejment yo'nalishlari) bo‘lishi lozim.
▪️ Tegishli sohada kamida 3-5 yillik ish tajribaga ega bo‘lishi lozim.
Talablar:
▪️ O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksini mukammal bilish va amaliyotda to‘g‘ri qo'llay olish.
▪️ YMMT (Yagona milliy mehnat tizimi - my.mehnat.uz) idoraviy portalida to'liq va mukammal ishlash (xodimlarni ro'yxatdan o'tkazish, mehnat shartnomalarini kiritish, o‘zgartirish va bekor qilish).
▪️ ARGOS (Davlat fuqarolik xizmati portali) hamda HRM (Inson resurslarini boshqarish axborot tizimi) platformalarida amaliy tajribaga ega bo'lish va ular orqali tanlov jarayonlari, xodimlar bazasini yuritishni bilish.
▪️ Xodimlar uchun treninglar, seminarlar va malaka oshirish kurslarini tashkil etish, ularning samaradorligini baholash.
▪️ Ichki HR jarayonlarini raqamlashtirish, yangi avtomatlashtirilgan platformalarni ishga tushirishda qatnashish.
▪️ Rahbariyatga kadrlar siyosati, xodimlar unumdorligi va kadrlar qo'nimsizligi bo'yicha tahliliy hisobotlar tayyorlash.
Til bilimi:
▪️ Rus tili – yozma va og‘zaki nutqda qo‘llay olishi;
▪️ Qo‘shimcha xorijiy tillarni bilish ustunlik beradi.
Shaxsiy fazilatlar:
▪️ Mas’uliyatlilik;
▪️ Tizimli va strategik fikrlash;
▪️ Tashabbuskorlik;
▪️ Kommunikabellik;
Boshqa e’lonlar: ⇒ «Bo‘sh ish o‘rinlari» ruknida
❇️ MANZIL: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy. Mo‘ljal: Yunusobod tumani hokimiyati.
Murojaat uchun: 71-236-6665.
⇒ Onlayn rezyume
Mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ishga kirmoqchi bo‘lgan fuqarolarga tavsiyalar.
❗️ Eslatib o‘tamiz, ishga qabul qilish jarayoni ochiqlik va shaffoflik tamoyiliga asosan o‘tishi uchun har bir suhbat jarayoni videotasmaga tushiriladi, fotolavhalar e’lon qilinadi va arxivlashtiriladi, shu bilan birga, savol-javob jarayoni bayonlashtiriladi.
Facebook ♦ Instagram ♦ Youtube
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati