2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
FARG'ONA VILOYATI: “Farg‘ona” podstansiyasida 110 kV o‘chirgichda joriy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda
  • 08.09.2026
  • 3

220/110/10 kV kuchlanishli “Farg‘ona” podstansiyasining 110 kV L-F-K-1 bo‘linmasida V-110 o‘chirgichini joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Ta’mirlash jarayonida o‘chirgichning texnik holati ko‘rikdan o‘tkazilib, uning ishonchli va me’yoriy ishlashini ta’minlashga qaratilgan zarur ishlar bajarilmoqda. Mazkur tadbirlar elektr qurilmalarining barqaror ishlashini ta’minlash hamda 2026-2027-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikni kuchaytirishga xizmat qiladi.

 

«FARG'ONA MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI AXBOROT XIZMATI