2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
XORAZM VILOYATI: Taqsimlovchi tarmoqlar tasarrufidagi qisqa tutashuv oqibatlari bartaraf etilib, isteʼmolchilar elektr taʼminoti tiklandi
  • 09.09.2026
  • 19

EʼLON

Bugun soat 06:49 da Xorazm viloyatida joylashgan 110 kV kuchlanishli L-Xiva-1 elektr uzatish tarmog‘i himoya tizimi ishlashi oqibatida favqulodda o‘chdi.

Soat.07:00 tarmoq qayta ulandi. O‘chish sababi taqsimlovchi tarmoqlar tasarrufidagi Firma-10 kV kuchlanishli “Firma” fiderida qisqa tutashuv sodir bo‘lgan va sim uzilgan.

Natijada Urganch tumanining ayrim mahallalari isteʼmolchilari elektr taʼminotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatildi.

Ayni paytda maxsus brigada tomonidan sodir bo‘lgan nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Isteʼmolchilarga zaxira manbalar orqali kuchlanish berish choralari ko‘rilmoqda.

Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.

⚡️ AVARIYA BARTARAF ETILDI

Bugun soat 09:15 holatiga ko‘ra, Urganch tumanida joylashgan 110/10 kV kuchlanishli “Bo‘rdokchi” podstansiyasiga to‘liq kuchlanish berildi.

Avariya sababi bo‘lgan nosozlik maxsus brigada tomonidan bartaraf etilib, elektr taʼminoti tiklandi.

Natijada Urganch tumanidagi isteʼmolchilarning elektr taʼminoti to‘liq taʼminlandi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.

«XORAZM MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI