2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
NAVOIY VILOYATI: Yuqori kuchlanishli elektr uzatish havo tarmoqlarida profilaktika amaliyotlari bajarilmoqda
  • 09.09.2026
  • 27

“Navoiy magistral elektr tarmoqlari” filiali Havo tarmoqlari xizmati mutaxassislari tomonidan kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish doirasida elektr uzatish tarmoqlarida bir qator kerakli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, 220 kV kuchlanishli “L-17-Karmana” elektr uzatish havo tarmog‘ida yakkalagich tizmasini yuvish, qush axlatidan himoya to’siqlarni o’rnatish ishlari amalga oshirildi.

Ta’mirlash jarayonida tarmoqlarning texnik holati ko‘zdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, elektr qurilmalari soz va ishonchli ishlashini joriy ta’minlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar bajarildi. Filial tasarrufidagi boshqa obyektlarda esa mukammal ta’mirlash ishlari ham bajarilmoqda.

 

«NAVOIY MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI kanaliga a’zo bo’ling!