

“Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari” filialida “Elektr energetika sohasida mehnatni muhofaza qilishning boshqaruv tizimi to‘g‘risidagi Nizom”ga muvofiq har oyning ikkinchi seshanba kuni “Xavfsizlik texnikasi kuni” tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.
2026-yil sentabr oyidagi tadbir doirasida mas’ullar biriktirilib, “O‘zbekiston”, “O‘zgarish”, “Povulg‘on”, “Farg‘ona”, “2-A” va “Sokin” podstansiyalari, guruh va xizmat bo‘limlarida joyiga chiqqan holda nazorat hamda tushuntirish ishlari olib borildi.
Tadbir davomida xodimlarning mehnat muhofazasi bo‘yicha bilimlarini mustahkamlash, amaldagi talab va yo‘riqnomalarga rioya etilishini ta’minlash hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
«FARG'ONA MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI AXBOROT XIZMATI