2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
RASMIY MUNOSABAT: 35/10 kV “Sh.Rashidov” (s/x-8) podstansiyadagi quvvati 10 MVA kuch transformatorini demontaj-montaj ishlari bajarilmasdan qoldirildi
  • 09.09.2026
  • 28

Bugun ijtimoiy tarmoq sahifalarida “Gaz yo‘q qishloqni endi elektrdan ham mahrum qilishmoqchi” (Tizim qishga shunday tayyorgarlik ko‘rmoqchimi?) nomli sarlavha ostida chiqqan xabarlar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz:
 
https://t.me/nigohofficial/2219
 
Jizzax viloyat Sharof Rashidov tumanida 35/10 kV kuchlanishli “Zilol” podstansiyasi o‘ta yuklama bilan ishlayotganligi sababli modernizatsiya rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda. 35 kV kuchlanishli energetika obyektida mavjud 2 ta 4,0 MVA transformatorlar o‘rniga podstansiyani 110 kV kuchlanishga o‘zgartirilib, yangi quvvati 2x16 MVA bo‘lgan kuch transformatorni o‘rnatish ishlari yakuniga yetmoqda.
 
Bugungi kunda ushbu podstansiya modernizatsiya ishlari yakuniga qadar podstansiya quvvatlarini me’yoriga keltirish hamda iste’molchilarni uzluksiz elektr energiya bilan ta’minlash maqsadida, vaqtinchalik qisqa muddatga, tumandagi 35/10 kV kuchlanishli “Sh.Rashidov” (s/x-8) podstansiyasida yuklamasi 30% bo‘lgan, quvvati 10 MVA kuch transformatorini olib borib o‘rnatish ko‘zda tutilgan edi.
 
Hozirda aholi vakillari ushbu texnik-muhandislik holati “bizning elektr ta’minotimizga salbiy ta’sir ko‘rsatadi”, degan vajda qarshilik ko‘rsatishdi. Podstansiya atrofiga yig‘ilgan aholi vakillari o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borildi va 35/10 kV kuchlanishli “Sh.Rashidov” (s/x-8) podstansiyadagi quvvati 10 MVA kuch transformatorini demontaj-montaj ishlari bajarilmasdan qoldirildi.

«JIZZAX MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI