

Avval xabar berganimizdek, poytaxt tumanlaridagi energetika obyektlari elektr qurilmalari nazoratdan o‘tkazilmoqda, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmoqda. Misol uchun, Chilonzor tumanida joylashgan “Suv-soz” podstansiyasining B-T-2 35 kV yacheykasida kapital ta’mirlashdan so‘ng laboratoriya sinov va tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Mutaxassislar tomonidan elektr uskunalarining texnik holati, sozligi va xavfsiz ishlash ko‘rsatkichlari maxsus laboratoriya usullari orqali tekshirilmoqda. Bunday sinovlar elektr tarmoqlarining ishonchli va xavfsiz ishlashini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
«TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
♦AXBOROT XIZMATI