

“Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi, Qiziriq tumanida joylashgan 110/35/10 kV kuchlanishli “Dasht” podstansiyasida elektr qurilmalarining ishonchli va barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida navbatdagi texnik ishlar amalga oshirilmoqda.
Profilaktik ta’mirlash ishlar doirasida VS-35 qurilmasidagi 3 dona yaroqsiz izolyator yangisiga almashtirilmoqda. Mazkur ishlar elektr uskunalarining texnik holatini yaxshilash, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish hamda elektr ta’minoti ishonchliligini oshirishga xizmat qiladi.
▪️ 2-sonli topshiriq-ijozatnoma asosida
▪️ Brigada tarkibi: 9 nafar xodim
▪️ Ish vaqti: 10:00 dan 18:00 gacha
Barcha ishlar belgilangan texnik me’yorlar va mehnat xavfsizligi talablariga qat’iy rioya etilgan holda olib borilmoqda.
"Surxondaryo MET" filiali Axborot xizmati