2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
SAMARQAND VILOYATI: Rejalashtirilgan ta’mirlash ishlari haqida hisobot
  • 10.09.2026
  • 9

«Samarqand magistral elektr tarmoqlari» filialida rejalashtirilgan ta’mirlash ishlari doirasida quyidagi ishlar bajarildi:

♦ 110/10 kV "Aholik" podstansiyasida 110 kV kuchlanishli portal izolyatorlari almashtirildi.

♦ 35/10/6 kV "Tojikiston" podstansiyasida T-1 transformatorining 35 kV va 6 kV tomonlaridagi aniqlangan kamchiliklar bartaraf etildi, singan izolyatorlar almashtirildi hamda joriy ta’mirlash ishlari bajarildi.

♦ 110/10 kV "Mikrorayon" podstansiyasida T-2 (10 000 kVA) transformatorida kapital ta’mirlash ishlari bajarildi.

Ta’mirlash ishlari xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat’iy rioya etilgan holda amalga oshirildi.

 

«SAMARQAND MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI