

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ “Navoiy magistral elektr tarmoqlari” filiali Havo tarmoqlari xizmati mutaxassislari tomonidan kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish doirasida elektr uzatish tarmoqlarida bir qator profilaktik nazorat tadbirlari olib borilmoqda.
Jumladan, 110 kV kuchlanishli “L-17-10” elektr uzatish havo tarmog‘idagi yakkalagichlarda qizishni oldini olish maqsadida kuchlanish ostida yuvish ishlari amalga oshirildi.
Mazkur ishlar kuz-qish mavsumida elektr uzatish tarmoqlarining barqaror ishlashini ta’minlash hamda iste’molchilarga sifatli elektr energiyasini yetkazib berishga xizmat qiladi.
«NAVOIY MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI kanaliga a’zo bo’ling!